Xorazmdan Pahlavon Mahmud izdoshlari yetishib chiqadi

16:34 07 Sentyabr 2023 Jamiyat
577 0

Keyingi yillarda qadimiy qadriyatimiz sanalgan, xususan insondan kuchli iroda, jasurlik va yuqori jismoniy tayyorgarlikni talab etuvchi milliy sport turi boʻlgan kurashni keng ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish borasida eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning ushbu sport turiga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida kurash boʻyicha qitʼa va jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar uyushtirilmoqda. 2017-yilda Osiyo Olimpiya kengashi tomonidan “Kurash” milliy sport turi tarixda ilk bor XVIII yozgi Osiyo oʻyinlari dasturiga rasman kiritildi. Oʻzbek kurashini 2028-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish boʻyicha amaliy harakatlar olib borilmoqda.

Kecha Kurash milliy sporti kuniga bagʻishlab, Xiva shahrida besh tashabbus doirasida Bosh prokuror kubogi musobaqalarining Xorazm viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.

— Bugungi kunda Xalqaro kurash assotsiatsiyasining bayrogʻi dunyoning koʻplab sport majmualari uzra hilpirab, oʻzbekcha “halol”, “chala”, “yonbosh” singari soʻzlar baralla yangrayotgani bizga cheksiz faxr va iftixor bagʻishlaydi, — deydi kurash sporti faxriysi Rahimboy Sherjonov. — Bugungi musobaqada ham qizgʻin kechgan bellashuvlar kurash ixlosmandlariga hayajonli lahzalarni hadya etdi. Ushbu yosh polvonlarimiz orasidan polvonlar piri – Pahlavon Mahmud bobomizning munosib vorislari yetishib chiqib, xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston bayrogʻini baland koʻtarishiga ishonchim komil!

Odilbek ODAMBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер