Xorazmdagi Markaziy bank binosida yongʻin yuz berdi
Foto: FVV
Xorazm viloyati Urganch shahridagi Markaziy bank binosida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 22-may kuni soat 17:16 da Urganch shahar “Tinchlik” koʻchasida joylashgan Markaziy bank binosining tom qismida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 17:20 da voqea joyiga yetib borib, soat 17:38 da alangani qurshab olgan va 18:18 da batamom oʻchirgan.
Hodisa oqibatida oqibatida bank binosining taxminan 80 kvadrat metr tom qismi yonib zararlangan. Yongʻin tufayli hech kim jabrlanmagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan qurilish obyektida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring