Xorazmda joriy yilda 119 ta koʻp qavatli uy qurilib, 3,5 mingta oilani yashash sharoiti yaxshilanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda Xorazmda uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.
Joriy yilda 119 ta koʻp qavatli uy qurib, 3,5 mingta oilani yashash sharoitini yaxshilash rejalashtirilgan. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari tashkil etilib, 100 ta koʻp qavatli uy qurilishi boshlanadi.
Mutasaddilarga Xiva shahri, Shovot va Hazoraspni urbanizatsiya boʻyicha namunali hududga aylantirish choralarini koʻrish topshirildi.
Yil yakunigacha Urganch va Xiva shaharlari hamda Gurlan va Tuproqqalʼa tumanlarida oqova suv tarmogʻini qurish loyihasi boshlanadi.
Elektr tarmoqlari, podstansiya va transformatorlarni toʻliq yangilash boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi.
Bunda, 2024-yilda 1 ming kilometr tarmoq, 10 ta podstansiya va 500 ta transformatorni yangilash koʻzda tutiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring