Xorazmda uyi buzilgan aholi norozi boʻlib koʻchaga chiqdi. Viloyat hokimi ular bilan uchrashdi

17:00 27 Iyul 2019 Jamiyat
2060 0

Urganch shahridagi “Ashxobod” mahallasida yashovchi aholiga Urganch tumani Chondirqiyot qishlogʻidan yer oʻrni ajratib berilgan edi ammo xonadon egalarining baʼzilariga kompensatsiya puli toʻlanmagan edi, deya xabar bermoqda viloyat matbuot xizmati.

Kecha Urganch tumani Chondirqiyot qishlogʻida odamlar noroziligi sabab soat taxminan 21:00da Urganch – Xonqa yoʻlining qatnov qismini toʻsishgani va shu sabab bir necha soat davomida katta qatnov yoʻlidan avtomobillar harakati toʻxtab qolgani toʻgʻrisida xabar tarqaldi. Bundan xabar topgan viloyat hokimi Farhod Ermanov voqea joyiga yetib borib norozi aholi bilan muloqotga kirishdi. Aholini tinchlantirib, 27-iyul kuni ertalab soat 8-00da shu joyning oʻzida ishchi guruhini tuzib, aholi vakillari bilan muzokara oʻtkazib, muammolarning yechimini topishga vaʼda berganidan soʻng odamlar tinchlanib,tarqala boshladi. 

Bugun ertalabdan viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruh aholiga bilan uchrashish maqsadida tashrif buyurishdi. Hozirda viloyat hokimi har bir xonadon egasi bilan shaxsan oʻzi uchrashib ularning talab va istaklarini eshitib shu yuzadan amaliy chora koʻrmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan shaxslar va homilador ayollarga qoʻshimcha sharoit hamda yer ajratib bermoqda.

Bundan tashqari aholiga tekinga qum yetkazib berilmoqda va qurilish mollarini bozor narxidan xam 10 foiz chegirma bilan yetkazib berishni shaxsan oʻz nazoratiga oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер