Xorazmda turizmni rivojlantirish boʻyicha 3-yillik dastur qabul qilinadi
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.
Yigʻilishda Prezident Xorazmni asosiy drayveridan biri boʻlgan turizmni rivojlantirish boʻyicha 3-yillik dastur qabul qilinishini maʼlum qildi.
Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining tushumi 3-yil davomida Xorazmni oʻzida qoldiriladi.
Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “Oʻzbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi.
Shu bilan birga, qator tumanlarda mehmonxonalar yetishmasligi qayd etildi.
Endilikda mehmonxona va dam olish maskanlarini qurish, mavjud oʻrinlarni koʻpaytirish uchun 7-yilga 2-yil imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada kreditlar beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring