Xorazmda tadbirkorning 428,7 mln. soʻmlik dori vositalarini oʻzlashtirgan menejer aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.А. “F.L.” MCHJning menejeri vazifasida ishlab kelib, tadbirkorning 428,7 mln. soʻmlik dori vositalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring