Xorazmda qiymati 10 milliard dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi barpo etiladi
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.
Yigʻilishda kecha Prezident xorijiy investorlar bilan uchrashib, ularni 700 million dollarlik loyihalari bilan tanishdi. Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarning ham 200 million dollar investitsiya kiritish takliflari koʻrib chiqilgani qayd etildi.
Taʼkidlandiki, sanoat uchun avvalo barqaror energiya manbalari zarur.
Boshqa viloyatlardagi kabi Xorazmda ham kecha Fransiyaning mashhur “Voltalia” kompaniyasi bilan hamkorlikda ilk bor 100 megavattli quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi.
Prezidentimiz yigʻilganlarga yana bir muhim xabarni maʼlum qildi.
Xorazmda qiymati 10 milliard dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi loyihasini barpo qilish boʻyicha dunyoning shu sohada eng ilgʻor kompaniyalari bilan muzokara boshlangani taʼkidlandi.
Bu loyiha ishga tushsa, 3 mingta ish oʻrni yaratiladi, yiliga 2,4 million tonna yuqori qoʻshilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqariladi. Bu nafaqat Xorazm uchun, balki respublikamiz sanoatining flagmani boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring