Xorazmda ham aholi xonadonida quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish boshlandi

11:14 05 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
743 0

Aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Xorazm viloyatida ham ayni vazifalar ijrosi doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Poʻlat Sabirov xonadonining tom qismiga quvvati 8 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan holda, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanib kelmoqda. Ushbu stansiya orqali yiliga oʻrtacha 14 000 kVt-soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Shuningdek, fuqaro ishlab chiqarilgan elektr energiyasining oʻz ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni ham boshladi.

Jumladan, isteʼmolchi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali oʻrtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер