Xorazmda “Dishan-qalʼa” madaniy yodgorligi devorining bir qismi qulab tushdi

19:32 25 Fevral 2022 Jamiyat
2014 0

Foto: Madaniy meros agentligi

Xorazm viloyatidagi “Dishan-qalʼa” madaniy yodgorligi devorining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, amalga oshirilgan ishlar natijasida “Dishan-qalʼa” meʼmoriy yodgorligi hisoblangan xususiy uy ichidagi devorning bir qismi qulagani aniqlangan. Tarixiy obidani asrab-avaylashga xalaqit bergan fuqaro bir necha marta rasmiy ogohlantirish olgan. Natijada, vaziyat madaniy merosning yomonlashishiga olib keldi.

Maʼlumotlarga koʻra, devor joriy yilning 23-fevral kuni soat 01:00 da qulagan. Vayronagarchilik sababi tabiiy qor va yomgʻir suvlari tufayliligi aytilmoqda. Ayni paytda yodgorlik devorining yogʻoch ustunli qolgan qismlarini saqlab qolish choralari koʻrilmoqda.

Xiva shahrida joylashgan madaniy meros obyekti Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk davlat reestriga kiritilgan.

“Dishon-qalʼa” devori 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon (1825-1842) buyrugʻi bilan qurilgan. Devorning umumiy uzunligi taxminan 6200 metr boʻlib, 10 ta darvozaga ega edi.

Bugungi kunga qadar taxminan 1400-1600 metr saqlanib qolgan. 2005-yilda YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ishtirokida shimoliy qismining 80 metri toʻliq taʼmirlanib, qayta tiklandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер