Xorazmda davlat mukofotlari oʻz egalariga topshirildi

17:05 30 Avgust 2024 Jamiyat
269 0

Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Bayram arafasida Xorazm viloyatidan davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy soha vakillaridan bir guruhi faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Urganch shahrida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida ushbu mukofotlar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi. Viloyat hokimi mukofotlanganlarni yuksak eʼtirof bilan samimiy qutladi.

— Koʻp yillik hayotiy tajribam davomida ishonch hosil qildimki, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi uchun mehnat qilgan odam hech qachon kam boʻlmaydi, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Quramboy Matrizayev. — El-yurt manfaati uchun zahmat chekkan, halol va vijdonan ishlagan insonning xizmatlari albatta, ragʻbat va eʼzoz topadi. Mening ham kamtarona mehnatim, ijodim yuksak baholanib, “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlanganimdan behad xursandman. 86 yoshda boʻlishimga qaramasdan yurtimizdagi oʻzgarishlar, yangilanishlar menga kuch-quvvat, ijodga, izlanishga ragʻbat beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер