Xorazmda aerodromlar infratuzilmasini rivojlantirishga bagʻishlangan xalqaro amaliy seminar oʻtkazildi

22:34 30 Mart 2026 Jamiyat
283 0

Xiva shahrida MDH mamlakatlari Fuqaro aviatsiyasi aeroportlari assotsiatsiyasi tomonidan aerodrom texnik qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasining seminari tashkil qilindi. Unda Rossiya, Belarus va Oʻzbekiston aeroportlaridan menejerlar va yetakchi mutaxassislar, aerodromlar uchun uskunalar, materiallar va texnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi. Amaliy seminar davomida ishtirokchilar Urganch xalqaro aeroportining aerodrom xizmatiga tashrif buyurishdi.

— Seminar davomida aerodromlar infratuzilmasini rivojlantirishdagi innovatsion loyihalar boʻyicha qizgʻin fikr almashuvlar boʻlib oʻtdi, — deydi MDH mamlakatlari Fuqaro aviatsiyasi aeroportlari assotsiatsiyasi kengashi aʼzosi, aviatsiya fanlari doktori Farhod Xudaynazarov. — Amaliy seminar zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, yangi tajribalarni oʻrganish uchun oʻziga xos platforma boʻlib xizmat qildi.

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер