Xorazmda 2 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
Foto: “O‘zenergoinspeksiya”
Xorazm viloyatining Urganch tumanida 2 milliard soʻmdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, inspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan Urganch tumanida nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda aniqlanishicha, “E.K.” MChJga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirin yoʻl bilan toʻgʻridan toʻgʻri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasi va davlat manfaatlariga 2 mlrd 92 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring