Xorazm viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
Polkovnik Abdumajid Shermuhammedov Xorazm viloyati IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abdumajid Shermuhammedov tayinlovga qadar Yunusobod tumani boʻyicha IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin Xorazm viloyati IIB boshligʻi lavozimida polkovnik Ravshan Sultonxoʻjayev ishlab kelayotgan edi. U joriy yilning mart oyi boshida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring