Xonobod shahrida mikro GES ishga tushdi
Andijon viloyatida elektr energiyasining muqobil turlaridan foydalanish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda ishga tushirilgan Xonabod mikro GESi ana shu saʼy-harakatlarning amaliy natijasidir.
— Mazkur mikro GES shahardagi elektr energiyasi bilan bogʻliq bir qator muammolarga ijobiy yechim topishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmatining rahbari Muxlisaxon Sobirova. — Boisi, u bir yilda oʻrtacha 3,6 million kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Buning natijasida yuzlab xonadon va bir qancha ijtimoiy obyektlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash mumkin.
Viloyatda yangi GESlarning ish tushirish bilan bogʻliq loyihalar davom etmoqda. Zero, ular yordamida bir yilda qoʻshimcha 120 mln kv soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Natijada 50 mingta xonadonning elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolari ijobiy yechim topadi. Qolaversa, 42 mln. kub metr gaz iqtisod qilinadi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring