Xonanda Alijon Isoqov shaxmat oʻyiniga qoʻshimcha kiritib, yangi oʻyinni “shaxmat plus” deb atadi va mualliflikni patentladi
— Havaskor sifatida shaxmatga 8 ta taʻminotchi tosh qoʻshdim va shaxmat doskasini kattalashtirdim. Bunga ikki yildan oshdi, shaxmatga qiziqadigan odamlar bilan oʻynab koʻrdim, keyin ular juda qiziq va mukammal oʻyin boʻlibdi, ommaga joriy qilsa boʻlar ekan, deyishdi.
Adliya vazirligiga borib, shu yangilik haqida aytganimda, yaxshi yangilik qilibsiz, deyishdi va mualliflik guvohnomasi, bundan tashqari, EHM dasturlari uchun patent hamda guvohnoma ham berishdi. Shu tariqa shaxmatga kiritilgan ushbu oʻzgarish yangi sport turiga aylandi va “shaxmat plus” nomi bilan patentlandi.
Shaxmatga hurmatim cheksiz boʻlgani uchun ularning harakatiga yoki yoʻnalishiga hech qanday oʻzgartirish kiritmadim. Faqat taʻminotchi tosh qoʻshib, doskani kengaytirdim. Yaʻni 4 tadan 8 ta taʻminotchi tosh qoʻshilgan, toʻrtta oq va toʻrtta qora. Kataklar soni avval 64 ta edi, hozir 80 taga kengaytirdim. Shaxmat ustalari Baxtiyor Jumayev va Bobur Sattorov bu doskada oʻynab koʻrishdi, “5 partiya oʻynab, shuni anglab yetdikki, murakkab va qiziqarli oʻyin chiqibdi, oldingi oʻyindan ikki yarim baravar kuchli”, degan xulosaga kelishdi, — deydi Alijon Isoqov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring