Xonadondan - xorijga
Foto: “Xalq so‘zi”
Andijon tumani “Bobo g‘ozi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Halimjon Jo‘rayev o‘z xonadonida savat to‘qishni yo‘lga qo‘yib, avvaliga oilasi ehtiyoji uchun tinim bilmay izlangan bo‘lsa, bora-bora doimiy daromad topish imkoni bo‘lmagan mahalladoshlarini ish bilan taʼminlashning ham uddasidan chiqa boshladi.
-15 yildan buyon savat to‘qish bilan shug‘ullanib kelaman, - deydi qahramonimiz. –Dastlab tirikchilik uchun shu ishni qilgan bo‘lsam, keyinchalik respublikamizda hunarmandchilikni rivojlantirishga bo‘lgan eʼtibor va berilayotgan imtiyozlar ish ko‘lamini va, tabiiyki, daromadni oshirishga rag‘bat uyg‘otdi. Hozirda ko‘proq buyurtma asosida mahsulot ishlab chiqarayapmiz. Bir oyda minglab savatlar to‘qib, xaridorlarga yetkazib bermoqdamiz.
Saʼy-harakati mahsuli o‘laroq ishlari yurishib ketgan hunarmand oilaviy korxona tashkil qilgan. Unda 200 nafar xotin-qiz kasanachilik asosida mehnat qilmoqda. Sodda, samimiy, tinib-tinchimas qahramonimiz hovlisida to‘qilgan mahsulotlar Rossiya, Xitoy, Ukraina, Turkiya, BAA, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlarga eksport qilinayotgani esa alohida eʼtirofga loyiq.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring