Xokkey boʻyicha jahon chempionati bekor qilindi
Shveysariyaning Syurix va Lozanna shaharlarida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan xokkey boʻyicha jahon chempionati koronavirus pandemiyasi sababli bekor qilindi. Bu haqda Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa 8-24-may kunlari oʻtkazilishi kerak edi.
Eslatib oʻtamiz, xokkey boʻyicha jahon chempionati 1920-yildan buyon oʻtkazib kelinadi, Finlyandiya terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring