Xodimlar oʻz ishiga qayta tiklandi

16:10 04 Dekabr 2019 Jamiyat
1252 0

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan samarali tizim tufayli ishchi-xodimlardan kelgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etilmoqda.

Xususan, yaqinda Mirzaobod tumanidagi 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabida farrosh boʻlib ishlab kelgan fuqarolar D. Subhonova hamda M. Akbarova Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga murojaat qildi.

Murojaatchilar ish beruvchi ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini “intizomni qoʻpol ravishda buzgan”, degan vaj bilan bekor qilganligini bayon etgan, shu masalaga qonuniy yechim topish hamda ishga qayta tiklanishida yordam koʻrsatilishini soʻrashgan edi.

Bu masala atroflicha oʻrganib chiqildi. Natijada mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonida soha qonunchiligining talablari buzilganligi ayon boʻldi. Shu asosda xodimlarni ishga tiklash va majburiy progul davri uchun ularga haq berilishi yuzasidan Kasaba uyushmalari tomonidan maktab maʼmuriyatiga taqdimnoma kiritildi. Ammo talabnoma maktabi maʼmuriyati tomonidan ijobiy hal etilmadi.

Shundan soʻng fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida fuqarolik ishlari boʻyicha Sirdaryo viloyati sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Pirovardida mazkur sudning 2019-yil 1-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan har ikki xodim oʻz vazifasiga qayta tiklandi hamda ularga majburiy progul kunlari uchun jami 1 million 585 ming 612 soʻm ish haqi undirilishi belgilandi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер