Xodimga xizmat tekshiruvi tayinlanganda unga ish haqi toʻlanadi

10:02 07 Iyul 2023 Jamiyat
560 0

Foto: Arxiv surat

Umumiy asosga koʻra, ishdan chetlashtirish davrida xodimga ish haqi hisoblanmaydi.

Shuningdek, Mehnat kodeksida xodim ishdan chetlashtirilganda ham ish haqi toʻlanadigan holatlar koʻrsatilgan, ular quyidagilar:

— xodim aybisiz mehnatni muhofaza qilishda oʻquvdan, bilim va koʻnikmalari tekshiruvdan yoki majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmaganda (masalan, ish beruvchi tibbiy koʻrikni tashkil qilmaganda, chunki tibbiy koʻrikni tashkil qilish ish beruvchi majburiyati);

— ish beruvchi xodimga shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalarini bermaganda;

— xodimga xizmat tekshiruvi tayinlanganda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер