Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi poytaxt hissasiga toʻgʻri keladi
2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 80,5 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Bozor xizmatlari hajmi hududlar kesimida taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelib, hududda 32,3 trln soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan. Undan keyingi oʻrinlarda Samarqand viloyati 5,9 trln soʻmlik koʻrsatkich bilan ikkinchi, Fargʻona viloyati esa 5,3 trln soʻmlik xizmatlar bilan uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2,5 trln soʻm, Andijonda 3,9 trln soʻm, Buxoroda 3,1 trln soʻm, Jizzaxda 1,7 trln soʻm, Qashqadaryoda 3,9 trln soʻm, Navoiyda 1,9 trln soʻm, Namanganda 4,1 trln soʻm, Surxondaryoda 2,6 trln soʻm, Sirdaryoda 1 trln soʻm, Toshkent viloyatida 5,2 trln soʻm hamda Xorazmda 2,7 trln soʻmlik xizmat koʻrsatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring