Xizmat mashinalari 2030-yilga qadar 100 foiz elektromobillarga almashtiriladi
Foto: Illustrativ foto
Elektromobillar boʻyicha prezident qarori loyihasiga koʻra, vazirliklar, idoralar, byudjet tashkilotlari, mahalliy hokimiyat organlari hamda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalar xizmat avtomobillari 2025-yilgacha kamida 10 foizigacha, 2030-yilga qadar 100 foizi bosqichma-bosqich elektromobillarga almashtiriladi.
Qayd etilishicha, 2030-yilga borib respublikada sotilayotgan avtotransport vositalarining kamida 15 foizini elektromobillar tashkil etishi koʻzda tutilgan. Shular bilan birgalikda, ekologik turizm hududlariga kirish uchun 2022-yil 1-iyundan boshlab ichki yonuv dvigatelli bitta transport vositasidan 10 000 soʻm miqdorida ekologik toʻlov belgilanishi kutilmoqda.
Shuningdek, 2022-yil 1-apreldan 2030-yil 31-aprelgacha qadar:
quvvatlantirish stansiyalari hamda ularning har biri atrofida kamida ikkita elektromobil uchun toʻxtash joyi joylashgan yer uchastkalari yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring