Xitoyning Sian shahridan yoʻlga chiqqan konteyner poyezdining bugun Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda
Xitoyning Siyamen bandargohidan Eron orqali Oʻzbekistonga konteyner poyezdi harakati yoʻlga qoʻyildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Oʻztemiryoʻlkonteyner” kompaniyasining telegram kanali maʼlum qilishicha, Xitoyning Siyamen portidan Oʻzbekistonning Sergeli stansiyasigacha Eron orqali birinchi konteyner poyezdi harakati yoʻlga qoʻyildi. Tarkibida maishiy texnika yuklari (muzlatgich, kir yuvish mashinasi, gaz plitalari) boʻlgan konteynerlar Xitoydan dengiz yoʻli orqali Bandar-Abbos bandargohiga olib kelinadi hamda u yerda temir yoʻl platformalariga ortilgan holda Turkmaniston orqali Oʻzbekistonga kirib keladi.
39 ta 40 fut hajmidagi konteynerlardan tashkil topgan mazkur poyezd Bandar-Abbos portidan Sergeli stansiyasigacha 14 kunda yetib kelishi belgilangan. Hozir konteyner poyezdi Oʻzbekiston hududiga kirgan boʻlib, Toshkent shahriga bugun yetib kelishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring