Xitoyning CNPC kompaniyasi gaz importini toʻxtatdi
Foto: topcor.ru
Xitoyning CNPC kompaniyasi barcha gaz importiga nisbatan fors-majorni eʼlon qildi. Xitoyda koronavirus epidemiyasi tufayli koʻk yoqilgʻining isteʼmoli shu qadar pasayganki, davlat kompaniyasi hatto gaz omborlaridan gaz olishni toʻxtatdi.
Xitoyning eng yirik gaz importchisi hisoblanadigan China National Petroleum Corp fors-major holatini eʼlon qildi. Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, CNPC, PetroChina Co. shoʻba korxonasi shoshilinch choralarni koʻrmoqda va Xitoyga olib kelinadigan suyultirilgan gaz hamda quvurlar orqali import qilinadigan tabiiy gazning yetkazib berilishini qisqa muddatga bekor qilishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, davlat kompaniyasi, masalan, SPG yuklarini yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnoma muddatini oʻzgartirishga harakat qilgan edi. CNPCda esa ushbu vaziyatga izoh berishdan bosh tortishdi.
“Tabiiy gazga boʻlgan talab keskin pasayib ketdi”, deyiladi Xitoy davlat kompaniyasining veb-saytida. CNPCdagilar oʻnta saqlash joylaridan gaz olishni toʻxtatganligi haqida qoʻshimcha qilishdi.
ICIS tahlilchilari koronavirus epidemiyasi va 2003-yilda SARS virusi tarqalishi oʻrtasidagi farqni taqqoslab koʻrishdi, bunga koʻra, Xitoy yalpi ichki mahsuloti 0,5 foizga pasaygan. Ularning prognozlariga koʻra, virus Xitoy terminallaridagi suyultirilgan gazning ichki savdolarini pasaytirgan. Natijada, keyingi bir necha oy ichida xitoylik kompaniyalarga haddan tashqari koʻp sarf-xarajat xavf soladi va ular yuklar uchun tuzilgan shartnomalardan voz kechishi yoki boshqa joylarga sotishi kerak boʻladi.
Ayni damda, Osiyoda gaz narxi allaqachon rekord darajaga – yaʼni ming kubometr uchun 135 dollarga yetdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring