Xitoylik tadbirkorlar Navoiyda qoʻshma korxonaga asos solishdi

12:12 16 Dekabr 2020 Iqtisodiyot
889 0

Navoiy viloyati hokimi hamda Xitoyning “Youkang Agriculture” korxonasi rahbariyati oʻrtasida yangi 10 mln. dollarlik investitsion loyiha muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Unga koʻra xitoylik sarmoyadorlar Navoiy viloyati hududida birinchi yilning oʻzidayoq 10 ming tonnagacha baliqchilik tarmogʻi uchun zarur boʻlgan yem mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega zavod hamda Qiziltepa tumanidagi Toʻdakoʻl suv havzasida besh ming tonna baliq yetishtirish sharoiti boʻlgan baliqchilik xoʻjaligini qurish istagini bildirishdi.

Hamkorlikdagi mazkur ikki loyiha kelajakda Navoiy viloyatida baliqchilik sanoati ravnaqiga kuchli turtki berishi hamda bu borada hudud imkoniyatlarini yana-da kengaytirishi taʼkidlandi. Maʼlumot uchun taʼkidlash joiz viloyatda joriy yil yakuni bilan 20 ming tonna baliq ishlab chiqarish kutilmoqda. “Youkang Agriculture” korxonasi rahbariyati shu kunning oʻzidayoq Navoiy viloyatida “xorijiy korxona” sifatida roʻyxatdan oʻtishni bildirishganini inobatga olsak, kelgusi yil faqat mazkur hamkorlik samarasi oʻlaroq baliq yetishirish chorak barobarga koʻpayishi mumkin.

Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер