Xitoylik mutaxassisga O'zbekistonda faxriy professor unvonini berildi
Bugun, 18-dekabr kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida “Xalqaro tajriba: taʼlimni modernizatsiyalash sharoitida zamonaviy mashinasozlik va muhandislik yoʻnalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Anjumanni institutning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ochib berdi. Prorektor institutda bu tadbirlar sonini oshirish, xorijdagi ilmiy izlanish hamda yangiliklar bilan talabalarni tanishtirib borish lozimligini qayd etdi. Shundan soʻng mehmonlarga soʻz berildi.
Anjumanda bugungi kun uchun dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga sohaning yetakchi kadrlari tomonidan turli mavzularda maʼruzalar qilindi. Xususan "Changshu" texnologiya institutining vakili Gao Zhe xonim ham taqdimot qildi. Shundan unga Baxtiyor Nasimov tomonidan faxriy professor unvoni topshirildi.
"Ushbu unvon institut taʼlim tizimining rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshganligi uchun berildi. Gao Zhe xonim To‘qimachilik va moda dizayn maktabining 2+2 dasturi rahbari hisoblanadi. Bizda ham xuddi shu OTM bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturi tashkil etilgan. Unga qabul qilingan talabalar 2 yil Xitoyga borib tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Shu o'rinda aytib o'tmoqchimanki, institutimiz eshigi faxriy professorimiz uchun doimo ochiq. Istalgan vaqtda kelib talabalarga dars o'tishlari va xodimlarimiz uchun yaratilgan sharoitlardan foydalanishlari mumkin", deydi prorektor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring