Xitoylik ekspert koronavirus epidemiyasi qachon tugashini aytdi

13:29 09 Mart 2020 Dunyo
1467 0

COVID-19 epidemiyasi 2020-yil yoz faslidan soʻng pasayishni boshlaydi. Xitoy sogʻliqni saqlash ishlari boʻyicha davlat qoʻmitasining epidemiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus komissiyasi rahbari Chjun Nanshan ana shunday taxminlarni ilgari surmoqda, deb yozadi TASS.

Ekspertning prognozlariga koʻra, koronavirus epidemiyasi dunyo mamlakatlarida kamida iyun oyigacha saqlanib turadi. Uning fikricha, bu vaqtga kelib virusni nazorat qilish chora-tadbirlari uni keltirib chiqaradigan holatlarning oldini olishga qaratiladi.

Oxirga maʼlumotlarga koʻra, virusni yuqtirib olganlarning umumiy soni 109 ming kishidan oshib ketgan. Ayni paytgacha shu tufayli 3820 kishi hayotdan koʻz yumgan boʻlsa, 61 ming bemor tuzalib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер