Xitoydan internet orqali narsa buyurtma qilinsa, Oʻzbekistonga yetib keladimi?
Xitoyda ishlar qayta tiklangani sababli biz internet orqali narsa buyurtma qilsak, yetib keladimi? Bojxonadan oʻtkazishadimi? Ushbu savolga Davlat bojxona qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Farhod Olimjonov javob berdi.
“Jahon miqyosida tarqalish geografiyasi tobora kengayib borayotgan koronavirus infeksiyasini respublikamizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 1-fevral kunidan boshlab, Xitoy Xalq Respublikasidan kirib keluvchi barcha turdagi pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish vaqtincha toʻxtatilgan edi.
Biroq, 2020-yil 27-fevral kunidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasidan faqatgina “Oʻzbekiston pochtasi” AJ orqali kirib kelayotgan joʻnatmalarni qabul qilishga ruxsat etilgan”, deydi Olimjonov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring