Xitoydan evakuatsiya qilingan Oʻzbekiston fuqarolarida koronavirus alomatlari aniqlanmadi
Arxiv surat
Xabaringiz bor, 4-6-fevral kunlari charter reys orqali 548 nafar oʻzbekistonlik Xitoydan Toshkentga olib kelingan edi.
Evakuatsiyadan bir hafta oʻtib, 12-fevral kuni Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev bergan maʼlumotga koʻra, olib kelinganlarning hech birida koronavirus alomatlari aniqlanmagan.
Ayni paytda ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi muassasalarda karantinda boʻlib turibdi. COVID koronavirusining yashirin davri 14 kungacha davom etishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring