Xitoydan avtobuslar olib kelish masalasi muhokama qilindi
Foto: Халқ сўзи
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim bilan uchrashdi.
XXRning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari hamda Oʻzbekistoning XXRdagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev ishtirok etgan uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarining dolzarb masalalarini muhokama etishdi.
Xususan, XXRning yirik zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan avtobuslarni yetkazib berish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.
Tomonlar uchrashuvda avtobuslar sotib olishni moliyalashtirish, yetkazib berish muddatlari va Xitoydan Oʻzbekistonga tezlashtirilgan tartibda yetkazib berish boʻyicha ishlarni tashkil etish bilan bogʻliq jihatlarni muhokama etishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring