Xitoyda yana koronavirus holatlari keskin oshmoqda. Ayrim hududlarda jamoat joylari yopilmoqda

19:41 31 Oktyabr 2022 Dunyo
1067 0

Foto: Reuters

Xitoyda soʻnggi 80 kun ichida birinchi marta koronavirusga chalinganlar soni keskin oshdi. Jumladan shu yilning 30-oktyabr kuni 2675 ta infeksiya qayd etildi. Bu bir kun avvalgiga nisbatan 802 taga koʻpdir. Shu bois mamlakat aholisi “COVID-19” pandemiyasining qaytishi va qattiq cheklovlardan qoʻrqib ketdi, deyiladi “Bloomberg” xabarida.

Kasallanish holatlari mamlakating 31 ta mintaqasida, shu jumladan uning eng yirik va iqtisodiy jihatdan muhim hududlarida juda tez tarqalmoqda. Shu munosabat bilan 31-oktyabr kuni Shanxay kurorti, “Walt Disney Co”, “Disneylend” va “Disneytaun” parklari pandemiyaning oldini olish va nazorat qilish uchun yopilgan.

2019-yil oxiri va 2020-yil boshida Xitoyda infeksiya tarqalishi boshlanganidan buyon mamlakat hukumati yuqori iqtisodiy xarajatlarga, norozilik kuchayib borayotganiga va dunyoning qolgan qismidan izolyatsiya qilinishiga qaramay, qattiq cheklov siyosatiga amal qildi. Ushbu yondashuv ishchilar va ularning oilalariga ogʻirlik qila boshlaganining belgilari allaqachon mavjud. Chunki asta-sekin kuchaytirilgan infeksiyaga qarshi choralar mamlakatda biznes yuritish va ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etishni qiyinlashtiradi.

Xitoy, shuningdek, 2020-yil mart oyidan boshlab koʻpchilik chet elliklarning kirishini taqiqladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер