Xitoyda sunʼiy intellekt yordamida yolgʻon xabar tarqatgan shaxs hibsga olindi

10:36 10 May 2023 Dunyo
857 0

Xitoyda 9 kishining hayotiga zomin boʻlgan poyezdning relsdan chiqib ketishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻon xabarlar yaratgani va tarqatgani uchun politsiya tomonidan hibsga olingan erkak 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Soxta xabarda 25-aprel kuni poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 9 kishi halok boʻlgani aytilgan edi. Xitoy kiberpolitsiyasi bu odamni “yolgʻon maʼlumot yaratish uchun sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalanganlikda” ayblamoqda.

Politsiya maʼlumotlariga koʻra, hibsga olingan shaxs “ChatGPT“ga oʻtgan yillardagi boshqa mashhur maqolalarning parchalarini yozib, soxta hikoyaning turli versiyalarini yaratganini tan olgan. Yangilikni yaratgandan soʻng, erkak ”Baidu“ platformasida yaratgan bir nechta bloglariga yangiliklarning turli talqinlarini yuklagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер