Xitoyda Oʻzbekistonning boy madaniyati va cayyohlik salohiyati namoyish etildi
Pekin Xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetida madaniyat festivali boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Universitet partiya kotibi Xuan Bayyun tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, ushbu madaniy anjumanda Xitoydagi 42 ta xorijiy diplomatiya vakolatxonalari, 20 dan ziyod OAV vakillari hamda mahalliy va chet ellik professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etayotganini qayd etdi.
Tadbirda, jumladan, mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi tomonidan ushbu oliy oʻquv yurtida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan birgalikda Oʻzbekiston madaniyati va sayyolik salohiyatiga bagʻishlagan maxsus burchak tashkil etildi.
Oʻzbekiston vakillari tadbir ishtirokchilarini soʻnggi yillarda mamlakatimiz hukumati tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosati hamda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari bilan tanishtirdilar.
Xususan, hozirgi kunda 91 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirish uchun vizasiz rejim joriy etilgani taʼkidlandi. 2021-yilning 1-martidan boshlab Oʻzbekistonda xitoyliklar uchun 10 kungacha vizasiz boʻlish tizimi yaratilgani qayd etildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston koʻhna Buyuk Ipak yoʻli chorrahasida joylashgan mamlakat sifatida Xitoy bilan fan, taʼlim, madaniyat, sport, turizm sohalarida oʻzaro almashuvini kengaytirishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.
Xitoyda Oʻzbekistonni yanada kengroq tanitishga hamda mamlakatimizga xitoylik sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladigan oʻzbek, xitoy va ingliz tillarida chop etilgan targʻibot materiallari tadbir ishtirokchilari oʻrtasida tarqatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring