Xitoyda Osiyo va Tinch okeani mintaqasida “yashil” rivojlanish masalalari muhokama qilindi

15:11 02 Yanvar 2024 Siyosat
237 0

20–23-oktyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chansha shahrida “Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yashil va kam uglerodli rivojlanish” forumi boʻlib oʻtdi. Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza  qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xodimlari ham ishtirok etdi. 

Tadbir davomida Osiyo va Tinch okeani mintaqasida yashil rivojlanish, Parij bitimi doirasida 2030-yilgacha issiqxona gazlari tashlamalarini qisqartirish uchun ilmiy izlanishlar, yangi texnologiyalarni joriy etish mavzularidagi panel sessiyalar boʻlib oʻtdi. 

Bundan tashqari, panel sessiyalarda ishlab chiqarish tarmoqlarini transformatsiyalash, iqlim oʻzgarishiga moslashish, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish mavzulari ham muhokama qilindi. 

Shuningdek, forum doirasida yashil texnologiyalar koʻrgazmasi ham tashkil etildi. 

Qolaversa, tadbir ishtirokchilari yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishi sohasida faoliyat yuritayotgan olimlarning maʼruzalarini tinglashdi.  Shu bilan birga, forum qatnashchilari yashil texnologiyalarni joriy qilayotgan korxonalarga tashrif buyurishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер