Xitoyda koronavirusga qarshi soxta vaksinalar ishlab chiqarayotgan jinoiy guruh qoʻlga olindi
Xitoy politsiyasi tomonidan oʻtkazilgan maxsus operatsiyada katta miqdordagi soxta koronavirus vaksinasi musodara qilindi.
Amaliyot chogʻida uch mingdan ortiq dozadagi qalbaki preparatlar qoʻlga kiritilgan. Shuningdek, ushbu soxta dorilarni tayyorlashga ishlatiladigan kimyoviy vositalar va ulardan “vaksina” tayyorlash sex aniqlangan. Mazkur jinoiy ishga aloqadan 80 nafardan ortiq odam hibsga olingani aytilmoqda. Surishtiruv davomida jinoyatchilar oʻz “vaksinalarini” bemorlarga qimmat narxlarda sotib kelgani maʼlum boʻlgan.
Manbaga koʻra, Xitoyda koronavirusga qarshi fuqarolarni emlash bepul va faqat litsenziyaga ega markazlarda amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring