Xitoyda koronavirusga chalinish boʻyicha pandemiya tarixidagi antirekord qayd etildi

14:59 11 Aprel 2022 Dunyo
1237 0

Foto: Illustrativ foto

Qatʼiy karantin cheklovlari tufayli maʼlum muddat «omikron»dan ihotalanishga muvaffaq boʻlgan Xitoy davlatida, mana, bir oydirki, kasallanish koʻrsatkichlari kun sayin oshmoqda.

Xususan, kecha mamlakatda pandemiya davridagi antirekord qayd etilib, 27 ming 500 nafardan ziyod bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu bir hafta ichida oʻsish dinamikasi ikki baravar yuqorilaganini anglatadi.

Yakshanba kuni kasallikka chalinganlar orasida isitma, yoʻtal va darmonsizlik kabi belgilar bor-yoʻgʻi 1184 kishida kuzatilgan, xolos. Qolgan 26 ming 411 nafar bemorda esa xastalik simptomlarsiz kechayotgani maʼlum boʻlgan.

Shunga qaramay, ayni paytda mamlakatda davolanayotganlar soni 242 ming nafardan oshadi. Bu — bir hafta avvalgiga nisbatan 2,2 barobar koʻp koʻrsatkichdir.

Eng murakkab epidemiologik vaziyat Shanxayda kuzatilmoqda. 26 million aholiga ega shaharda deyarli ikki haftadan buyon «lokdaun» joriy qilingan. Biroq bu yerda soʻnggi paytlarda kasallanganlarning 80 foizi hali sogʻaygani yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер