Xitoyda avtomagistral oʻpirilib ketdi. Jabrlanganlar bor
Foto: AP
Xitoyning Guandun muzofotidagi «Maida» avtomagistrali oʻpirilib ketdi. «Sinxua» agentligi xabariga koʻra, voqea 1-may kuni ertalab yuz bergan.
Hodisa oqibatida 18 ta avtomobil vayronalar ostida qolib ketgan, 31 kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Qayd etilishicha, ayni paytda avtomagistral transport harakati uchun yopiq, unda qutqaruv ishlari olib borilmoqda, hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring