Xitoyda avtobus portlashi oqibatida bir kishi halok boʻldi, 42 kishi tan jarohati oldi

22:31 12 Fevral 2022 Dunyo
1093 0

Xitoy shimoli-sharqida avtobus portlashi oqibatida bir kishi halok boʻldi, 42 kishi tan jarohati olgan.

OAV maʼlumotlariga koʻra, voqea Xitoy shimoli-sharqidagi Shenyan shahrida sodir boʻlgan. Politsiya portlash 12-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 17.55 da sodir boʻlganini maʼlum qildi. Jabrlanganlarning ikki nafari ogʻir, 40 nafari yengil tan jarohati olgan, ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, portlash kuchli boʻlgan. Portlash toʻlqini natijasida avtobusning barcha oynalari singan. Hodisa sabablari oʻrganilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер