Xitoyda 4000 ta qutidagi uy hayvoni oʻlik holda topildi
Xitoydagi logistika omborxonalaridan birida 4000 ta qutida it, mushuk, quyon va boshqa uy hayvonlarining jasadlari topildi. Bu haqda South China Morning Post manbasi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, yuklarning bir haftalik ushlanib qolishi oqibatida jonivorlar nobud boʻlgan. Bor-yoʻgʻi mingdan ortiq hayvonning hayoti saqlab qolingan.
Pandemiya tufayli elektron savdo yana-da jadal rivojlanmoqda. Hozir odamlar internet orqali hatto uy hayvonlarini ham sotib olishmoqda. Onlayn savdoda hayvonlarni sotib olishga taqiq qoʻyilmagani esa yuqoridagi holatlarni keltirib chiqarmoqda. Chunki kuryerlik kompaniyalari tomonidan jonivorlar koʻpincha xavfsiz boʻlmagan sharoitlarda tashilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring