Xitoy janubida bortida 132 kishi boʻlgan yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi
Foto: news.cgtn.com
Xitoyning “China Eastern Airlines” aviakompaniyasiga tegishli “Boeing 737-800” samolyot mamlakat janubida halokatga uchradi.
Hodisa oqibatida halok boʻlganlar va jarohatlanganlar haqida ham rasmiy maʼlumot yoʻq. Samolyot bortida 132 kishi, jumladan 123 yoʻlovchi va toʻqqiz nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Fojia “havo kemasi” Xitoy janubi-gʻarbidagi Yunnan provinsiyasi poytaxti Kunmin shahridan janubiy Guandun provinsiyasi markazi Guanchjou shahriga uchayotgan edi.
Mamlakat markaziy televideniyesi xabariga koʻra, ushbu hodisa sababli “China Eastern Airlines” aviakompaniyasi oʻzining mavjud “Boeing 737-800” samolyotlari parvozlarini toʻxtatdi.
“Havoda boʻlgan laynerlar joriy parvozlarni amalga oshirishi mumkin, shundan soʻng ular yerda qoladi va tashish uchun foydalanilmaydi”, deyiladi xabarda.
Aviatsiya boʻyicha ekspert Van Yanʼanning soʻzlariga koʻra, dvigatelning nosozligi samolyotning qulashiga olib kelgan boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, u biron bir xulosa chiqarishga hali erta ekanligini taʼkidlab, buning uchun “qora qutilar”dagi yozuvlarni oʻrganish kerakligini aytgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring