Xitoy va AQSH raqib emas, sherik boʻlishi kerak — Si Szinpin
Foto: AP
Xitoy va Amerika Qoʻshma Shtatlari raqib emas, sherik boʻlishi va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda umumiy til topishi kerak. Bu fikrlarni Xitoy rahbari Si Szinpin Xitoyga tashrif buyurgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.
“Bu yil Xitoy va AQSH oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 45-yil toʻldi. Oʻtgan 45-yil davomida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar koʻtarilish va pasayishlarni boshidan kechirdi va bizga koʻp muhim narsalarni koʻrsatdi: ikki davlat raqib emas, sherik boʻlishi, muvaffaqiyatga erishishda bir-biriga yordam berishi va bir-biriga zarar keltirmasligi kerak”, dedi Si Szinpin
Shuningdek, u ikki davlat kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda umumiy til topishga intilishi, nohaq raqobatga kirishmaslik zarurligini qayd etdi.
“Xitoy va AQSH bir narsani aytib, boshqasini qilish oʻrniga oʻz soʻzlariga sobit boʻlishlari kerak”, dedi Xitoy yetakchisi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring