Xitoy smartfonlar uchun 50-yilga yetadigan yadro quvvatlagichni (batareya) yaratdi
Xitoyning “Betavolt” kompaniyasi “BB100” ixcham yadro quvvatlagichni (batareya) eʼlon qildi. Uning oʻlchamlari 15x15x5 mm. (tangadan kichik). U 100 mikrovatt quvvat va 3 vattli kuchlanish ishlab chiqarishi mumkin. Kompaniyaning fikricha, bu 50-yillik uzluksiz ishlash uchun yetarli.
Kompaniya smartfonlar, dronlar, tibbiy uskunalar, aerokosmik va boshqalarda foydalanish uchun ushbu quvvatlagichni (batareya) ishlab chiqarishini yoʻlga qoʻyish niyatida.
Taʼkidlanishicha, quvvatlagich (batareya) “mutlaqo xavfsiz va tashqi nurlanishga ega emas” va -60° dan 120° gacha boʻlgan haroratga ham bardosh bera oladi.
“Betavolt” kompaniyasining vakillari 2025-yilgacha 1 vattli versiyani chiqarishni rejalashtirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring