Xitoy rasmiylari maktab oʻquvchilarining hayotini osonlashtirishga vaʼda berishdi
Foto: EPA
Xitoyda maktab oʻquvchilari yukini kamaytirish, xususan, uy vazifalari va qoʻshimcha darslarning ortiqcha miqdorini kamaytirishga qaratilgan qonun qabul qilindi.
Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan qonunning toʻliq matni eʼlon qilinmagan. Biroq oshkor qilingan baʼzi tafsilotlarga koʻra, qonun bilan ota- bolalarning intellektual rivojlanishiga, ularning ijtimoiy koʻnikmalariga jalb qilishga va axloqiy fazilatlarga eʼtibor berishga ragʻbatlantirishi kabilarda onalarning masʼuliyati oshirilmoqda.
Yaʼni ota-onalar farzandlarining ham dam olishini, ham mashgʻulotlar bilan bandligini toʻgʻri taqsimlay olishi kerak, shunda ular koʻp vaqtini Internetda oʻtkazmaydilar.
Qonunning bajarilishi, shu jumladan, maktabdan tashqari mashgʻulotlarni moliyalashtirish majburiyati mintaqaviy hokimiyatlarga yuklatiladi.
Hujjat Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmogʻida turlicha reaksiyaga sabab boʻldi. Jumladan, baʼzi foydalanuvchilar mahalliy hokimiyat va ota -onalar oʻz majburiyatlarini bajara olishiga shubha bilan qarashdi.
South China Morning Post haftasiga olti kun ertalab soat 9 dan kechki 9 gacha ishlaydigan ota-onalardan birining farzandini oʻqitishga qachon vaqt topishi haqidagi soʻzlarini keltirgan.
BBC esa avgust oyida 6 va 7 yoshli bolalar oʻrtasida yozma imtihon oʻtkazish taqiqlaganini eslatib oʻtmoqda. Chunki bu ularning jismoniy va ruhiy holatiga salbiy taʼsir qiladi.
Shuningdek, iyul oyida onlayn kurslar oʻtkazadigan kompaniyalarga asosiy fanlar boʻyicha oʻqish uchun pul olish taqiqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring