Xitoy Myanmadagi loyihalaridan xavotirda — OAV
Xitoy Myanmadagi harbiy toʻntarishdan keyin juda zarur xalqaro yordamni taqdim etayotgan boʻlishi mumkin. Ammo Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatidagi ichki vaziyat tufayli Pekin bu masalada ikkilanishlar yoqasida qolmoqda.
Mamlakatdagi yirik infratuzilma va boshqa loyihalarga sarmoyalarini hisobga olgan holda va Myanma bilan transchegaraviy savdoga kuniga 16 million dollar sarflaganini hisobga olinsa, Pekinning xavotirlari oʻrinli.
Xitoyning Myanmadagi koʻplab sarmoyalari orasida 800 km uzunlikdagi egizak neft va tabiiy gaz quvuri strategik ahamiyatga ega. Neft quvuridan har yili 22 million tonna, gaz quvuridan esa 12 milliard kubometr gaz tashiladi.
Taʼkidlanishicha, ushbu loyiha Pekinning “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusining muhim qismi hisoblanadi va quvurlarga yetkazilgan har qanday zarar har ikki mamlakat uchun katta yoʻqotishlarga olib keladi.
Xitoyning xavotirlari yaqinda quvurlarning qoʻriqlash uchun masʼul boʻlgan xavfsizlik xodimlariga uyushtirilgan hujum ortidan yana-da kuchaygan.
Bundan tashqari, Myanmada elektr stansiyalarini qurish uchun shartnoma tuzgan Xitoy energetika kompaniyalari oʻz loyihalarini toʻxtatib qoʻyishdi, baʼzilari esa ushbu bozordan chiqishni oʻylamoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring