Xitoy kompaniyalari Fargʻonada “aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish loyihasida ishtirok etishni rejalashtirilmoqda
Fargʻona viloyati hokimligida Xitoyning“Chengdu Shiny Technology” va “Zhiyuanhui Information Technology” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Viloyat hokimligi maʼlumotiga koʻra, uchrashuvda Fargʻonada “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Fargʻona viloyati delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Xitoyga amaliy tashrifi davomida Chendu shahrida “Zhiyuanhui Information Technology” kompaniyasi rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazilib, ushbu loyiha boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgandi.
“Aqlli transport”, “aqlli energetika tizimi”, “aqlli suv va gaz taʼminoti” va boshqa koʻplab yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladigan ushbu loyihaning joriy qilinishi yagona raqamli muhitni shakllantirish orqali hududlarni boshqarish samaradorligini oshiradi, bir butun holatda boshqarishga imkoniyat yaratadi.
Barcha kommunal tizimlarning “aqlli texnologiyalar”ga birlashtirilishi xizmatlar sifatida yanada oshishini taʼminlaydi.
Xitoy delegatsiyasi vakillari viloyatdagi qator tegishli tashkilotlarda boʻlib, uchrashuvlar oʻtkazadi. Ushbu uchrashuvlar yakunlari boʻyicha loyihaning texnik shartlarini ishlab chiqish va amaliy bosqichga oʻtish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring