Xitoy Filippinda AQSH raketalarini joylashtirishga keskin norozilik bildirdi
Foto: Global Look Press
Xitoy Mudofaa vazirligi AQSHning oʻrta masofaga uchuvchi raketalarining Filippinda joylashtirilishiga keskin qarshilik bildirdi.
«Biz AQSHning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida oʻrta masofali ballistik raketalarni joylashtirishiga qatʼiy qarshimiz», deydi Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi U Syan.
Uning soʻzlariga koʻra, AQSHning qadamlari mintaqa mamlakatlari xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi, shuningdek, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka jiddiy zarar yetkazadi.
Uning taʼkidlashicha, bu harakatlar «muqarrar ravishda Xitoyning qatʼiy qarshi choralariga olib keladi».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring