Xitoy bilan hamkorlikda Samarqandda zamonaviy klinika tashkil etish rejalashtirilmoqda

10:15 26 Mart 2026 Jamiyat
234 0

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev xitoylik investorlar — Van Jang Xua va Sui Tong Shi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda hududda tibbiyot sohasini rivojlantirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuvda investorlar Samarqandda quloq, burun va tomoq kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan zamonaviy klinika tashkil etish niyatida ekanliklarini maʼlum qilishdi. Taʼkidlanishicha, ushbu tibbiyot muassasasida ilgʻor davolash usullari keng qoʻllanilib, xususan, igloterapiya amaliyotiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun 5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldilar.

Shundan soʻng mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Bu yerda universitet rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tomonlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda kelgusidagi qoʻshma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida Xitoy tibbiyot klinikasi vakillari koʻp yillik tajribalari, tibbiyot sohasidagi yutuqlari hamda Xitoyda qoʻllanilayotgan eng zamonaviy tashxis va davolash usullari bilan oʻrtoqlashdilar. Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Samarqand shahrida quloq, burun va tomoq kasalliklariga ixtisoslashgan zamonaviy klinika tashkil etish boʻyicha fikr almashdilar.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер