Xitoy AQSHdan Pekinga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni talab qildi
Ilyustrativ foto
Xitoy tashqi ishlar vaziri AQSHdan Pekinga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishni talab qildi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Vashingtondan Pekinga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishni talab qildi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi saytida maʼlum qildi.
“AQSH tomoni Xitoyning rivojlanishiga xolis va oqilona qarashi va Xitoyga nisbatan ijobiy va pragmatik siyosat olib borishi kerak”, — dedi Van I.
Bundan tashqari, u Qoʻshma Shtatlarni “yagona Xitoy” siyosatiga rioya qilishga va Tayvan boʻgʻozida tinchlikni saqlashga yordam berishga chaqirdi.
Avvalroq Entoni Blinken va Van I Myunxen xavfsizlik konferensiyasining birinchi kunida uchrashishi rejalashtirilgani maʼlum qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring