Xillari Klinton yangi kitob yozdi
AQSHning sobiq davlat kotibi Xillari Klinton taniqli kanadalik yozuvchi Luiza Penn bilan hamkorlikda triller janrida kitob yozadi. Bu haqda Simon & Schuster nashriyoti saytida xabar berilgan.
“Terror holati” (“State of Terror”) deb nomlangan mazkur kitob 12-oktyabrda taqdimot qilishi rejalashtirilgan. Bosh qahramon yaqinda prezident maʼmuriyatiga tayinlangan davlat kotibi boʻladi.
X.Klinton AQSHning 44-prezidenti Barak Obama maʼmuriyati davrida davlat kotibi lavozimida ishlagan, 2016-yilda u prezident saylovlarida demokratlar partiyasidan nomzod sifatida qatnashgan, ammo respublikachi Donald Trampga yutqazgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring