XIII Xalqaro politsiya forumi boʻlib oʻtdi
19–21-aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti XIII Xalqaro politsiya forumiga mezbonlik qildi.
Gibrid formatda oʻtkazilgan forumda jahonning 15 ga yaqin mamlakatidan oʻttizdan ziyod taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Ochilish marosimida anjumanning dolzarb ahamiyati va undan koʻzlangan global maqsadlar haqida soʻz yuritildi.
Forum doirasida taʼlim tendensiyalariga erishishning zamonaviy yoʻnalishlari, xususan, jahonda roʻy berayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar fonida manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, taʼlim integratsiyasiga yoʻnaltirilgan qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish, hamkor muassasalar oʻrtasida oʻzaro muloqot muhitini faollashtirish, uzoq muddatli hamkorlikning yangi manbalarini izlab topish, raqamli taʼlim va innovatsiyalar boʻyicha istiqbolli loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar Janubiy Koreya, Xitoy, Oʻzbekiston, Rossiya, Vetnam, Eron, Pokiston, Efiopiya, Makao, Armaniston, Iordaniya, Moʻgʻuliston, Filippin, Ruanda, Argentina va boshqa davlatlar vakillarining maʼruzalari, shuningdek forum maqsadlariga qaratilgan fikr-mulohazalarini tingladilar. Taʼlimni jahon miqyosida hamjihatlikda barqaror rivojlantirishga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring