Xanoyda bir qator yangi qoʻshma investitsiya loyihalari muhokama qilindi
Joriy yilning 6-fevral kuni Xanoy shahrida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vetnam Sotsialistik Respublikasiga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning rejalashtirish va investitsiyalar vaziri Nguyen Thi Zung bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar diqqat markazida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻldi.
Uchrashuvda oziq-ovqat va salqin ichimliklar ishlab chiqarish boʻyicha qator qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda yangi loyihaviy tashabbuslarni hayotga tatbiq etish istiqbollari muhokama qilindi. Gap elektroenergetika, kimyo mahsulotlari, toʻqimachilik, elektrotexnika va qurilish materiallari ishlab chiqarish haqida bormoqda. Ikki mamlakat oʻrtasida Sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlash maqsadida qoʻshma Ishchi guruh tuzish masalasi kelishib olindi.
Suhbat chogʻida tomonlar Oʻzbekiston bilan Vetnam oʻrtasida investitsiyalar va soliq sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirishga oʻzaro tayyorligini bildirdilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring